AsosiyJamiyat
1635

Toshkentda metro vagonining eshigi ochilmay qoldi (video)

'Toshkentda metro vagonining eshigi ochilmay qoldi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda metro vagonlaridan birining eshigi ochilmadi mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent metropoliteni matbuot xizmati izoh berdi.

Ma`lum qilinishicha, 24 may soat 17:50 larda “Abdulla Qodiriy” bekatiga kirib kelgan 63-sonli harakat tarkibining vagon eshiklaridan biri ochilmagan. Shundan so`ng harakat tarkibi “Bodomzor” bekatiga etib kelganida mashinist tomonidan tekshirilganda, vagon eshigining ariqchasiga uning ochilishiga to`sqinlik qiluvchi kichik buyum tiqilib qolgani aniqlangan.

Ushbu buyum eshik yo`lagidan olib tashlangan va yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilgan.

“Hozirgi vaqtda ushbu harakat tarkibi soz holatda harakatlanmoqda”, – deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar