AsosiyJamiyat

Iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik texnologiyalar joriy etiladi

Bu haqida Prezident Farmoni qabul qilindi.

'Iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik texnologiyalar joriy etiladi'ning rasmi

“2024–2026 yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-155-son, 14.10.2024 y.) qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Farmonga ko‘ra, 2024–2026 yillarda iqtisodiyot tarmoqlaridagi muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha samaradorlikni oshirish uchun quyidagilar davlat kosmik monitoringining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:

  • yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi va bunday yer uchastkalarida bino va inshootlar qurilishi holatlarini aniqlash;
  • o‘rmon bilan qoplangan maydonlarning chegaralarini belgilash va ularning holatini monitoring qilish;
  • geologiya sohasida yer qa’ridan o‘zboshimchalik bilan foydalanish, foydali qazilmalar joylashgan maydonlardan asossiz ravishda va boshqa maqsadlarda foydalanish holatlarini aniqlash;
  • mavjud chiqindilarni saqlash joylarida belgilangan hududdan tashqariga chiqish holatlarini, yangi paydo bo‘lgan noqonuniy chiqindi zonalarini aniqlash;
  • suv omborlarining loyqa oqiziqlar bilan to‘lib borishini, suv sathi rejimini monitoring qilish;
  • qishloq xo‘jaligi ekin yerlaridan samarali foydalanilishini o‘rganish, ekinlarning turlari hamda suv iste’moli hajmlarini aniqlash.

2025 yil 1 martdan yer qa’ridan foydalanish bo‘yicha masofaviy monitoring va risk-tahlil “Geomonitoring” axborot tizimi hamda SGM platformasi orqali amalga oshiriladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Qur’oni karimning o‘zbek tilidagi yangi tarjimasi chop etildi'ning rasmi

    Jamiyat 13.11.2024 18:03

    Qur’oni karimning o‘zbek tilidagi yangi tarjimasi chop etildi

    O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi mohir mutarjim Mirzo Kenjabek tomonidan tarjima qilingan “Anvorul-Qur’on: “Fayzul-Furqon” nomli Qur’oni karimning o‘zbek tilidagi yettinchi tarjimasini chop etdi.

    'O‘zbekistonda Numizmatika tarixi yaratilishi rejalashtirilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 13.11.2024 16:34

    O‘zbekistonda Numizmatika tarixi yaratilishi rejalashtirilmoqda

    O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan loyiha ustida Yaponiyaning Mixo muzeyi maxsus ilmiy xodimi ish olib bormoqda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 13.11.2024 15:27

    ''ning rasmi

    Jamiyat 13.11.2024 14:47

    'Raqobat qo‘mitasi birjada AI-80 benzini narxining yuqori chegarasini o‘rnatdi'ning rasmi

    Jamiyat 13.11.2024 14:41

    Raqobat qo‘mitasi birjada AI-80 benzini narxining yuqori chegarasini o‘rnatdi

    Noyabr oyida yoqilg‘i narxi bir tonna uchun 10 mln so‘mdan oshib ketdi. Yaqinda propanga ham xuddi shunday cheklov joriy qilindi.

    'O‘zbekistonda zilzila qayd etildi'ning rasmi

    Jamiyat 13.11.2024 10:40

    O‘zbekistonda zilzila qayd etildi

    Zilzila kuchi Surxondaryoda 2 ballni tashkil etgan.