Bugun "Sharq renessansi fenomeni: davlatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar" O‘zbekiston madaniy meros haftaligining yakuniy plenar majlisi bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Xalqaro madaniy meros xaftaligi doirasida o‘tkazilayotgan mazkur tadbir xorijlik va mahalliy olimlar, ilmiy doira vakillari, Qur’onshinoslar, muzeyshinoslarni o‘zida jamladi.
Tadbir davomida Islom sivilizatsiyasi markazining dizaynerlik loyihalari taqdimoti, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ilmiy loyihalari, Islom sivilizatsiyasi markazining innovatsion-texnikaviy loyihalari taqdimoti, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi loyihalari taqdimoti va tasdiqlanishi, Islom sivilizatsiyasi markazi Yo‘l xaritasi loyihalarining tasdiqlanishi kutilmoqda.