AsosiyMadaniyat

Endilikda kino, serial va qo‘shiqlar “ma’naviyat ekspertizasi”dan o‘tkaziladi

Media mahsulotlarida davlat siyosati, davlat ramzlariga zid, axloqsizlik, behayolikni targ‘ib etuvchi holatlar mavjud yoki yo‘qligi o‘rganib boriladi.

'Endilikda kino, serial va qo‘shiqlar “ma’naviyat ekspertizasi”dan o‘tkaziladi'ning rasmi

Ma’naviyat va ma’rifat markazi, AOKA, Madaniyat vazirligi, Kinematografiya agentligi, MTRK, O‘zbekiston Milliy media birlashmasining qarori bilan tele va radiokanallar hamda ijtimoiy tarmoqlar uchun tayyorlanayotgan mediamahsulotlar, xususan, serial, multfilm, kino va qo‘shiqlarni “ma’naviyat ekspertizasi”dan o‘tkazish tartibi joriy etildi. Bu haqda Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov ma’lum qildi. 

Ta’kidlanishicha, "ma’naviyat ekspertizasidan o‘tkazish tartibi to‘grisida"gi nizom tasdiqlandi va unga muvofiq, ma’naviyat ekspertiza guruhining asosiy vazifalari belgilandi. 

Jumladan, soha mutaxassislaridan tarkib topgan guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hamda xorijda ishlab chiqilgan va O‘zbekiston hududida namoyish etilayotgan media mahsulotlarning davlat siyosati, davlat ramzlari, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ma’naviy-axloqiy mezonlarga zid, insoniy fazilatlarga tahdid soluvchi axloqsizlik, behayolikni targ‘ib etuvchi holatlar mavjud-mavjud emasligi o‘rganiladi.

Media mahsulotlarning yoshlar tarbiyasi va milliy mentalitetimizga ta’siri baholanadi.

Yoshlar tarbiyasi va milliy mentalitetimizga rahna soluvchi media mahsulotlarning tarqatilishini oldini olish choralari ko‘riladi.

Bunday media mahsulotlarning namoyish etilishini to‘xtatish bo‘yicha tegishli vazirlik, idora va tashkilotlarga takliflar kiritib boriladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Euronews va CNN telekanallarida Farghoniy, Xorazmiy va Ibn Sino haqidagi videoroliklar efirga uzatildi.'ning rasmi

    Madaniyat 01.02.2026 08:22

    Euronews va CNN telekanallarida Farghoniy, Xorazmiy va Ibn Sino haqidagi videoroliklar efirga uzatildi.

    "Oskar" mukofoti sovrindori, mashhur britaniyalik aktyor Ben Kingsley ishtirokida "Ma'rifat aks-sadosi" turkum filmi doirasida suratga olingan Far'g'oniy, Xorazmiy va Ibn Sino haqidagi videoroliklar dunyoning yetakchi Euronews va CNN xalqaro telekanallarida efirga uzatildi.

    'Hayriddin Sultonovga “O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi” unvoni berildi'ning rasmi

    Madaniyat 19.01.2026 12:08

    ''ning rasmi

    Madaniyat 11.01.2026 03:42

    'BBC History Extra: “Butun dunyo uchun mayoq”'ning rasmi

    Madaniyat 27.12.2025 13:57

    BBC History Extra: “Butun dunyo uchun mayoq”

    Britaniyaning mashhur tarixiy jurnali — "History Extra"da chop etilgan "Meros posbonlari" maqolasida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi aynan shunday taʼriflanadi.

    'Saida Mirziyoyeva oʻgʻli bilan multfilm premyerasiga bordi'ning rasmi

    Madaniyat 20.12.2025 10:53

    Saida Mirziyoyeva oʻgʻli bilan multfilm premyerasiga bordi

    Prezident Administratsiyasi rahbari O‘zbekiston tarixida ilk bor 3D formatda ishlangan to‘liq metrajli animatsion film haqida fikr bildirdi.

    'Yangi yil bayramini bolalar bilan qayerlarda nishonlash mumkin?'ning rasmi

    Madaniyat 19.12.2025 13:33

    Yangi yil bayramini bolalar bilan qayerlarda nishonlash mumkin?

    Toshkent shahrida yangi yil bayrami munosabati bilan bayram tadbirlari tashkil etiladi.