Qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi va sotuvchi tadbirkorlar bilan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Soliq qo‘mitasi va "Yangi texnologiyalar" IAM mutaxassislari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ochiq muloqotda Qurilish materiallarining identifikatsiya kodlari (MXIK) "Qurilish materiallari milliy klassifikatori" bilan unifikatsiya qilinganligi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuvda qayd etlishicha, qurilish materiallari MXIK o‘lchov birligiga o‘zgartirish kiritish yoki mavjudlarini yangilash Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan Soliq qo‘mitasi xabardor qilingach amalga oshiriladi.
Shuningdek, uchrashuvda, tadbirkorlar mahsulotlarning o‘lchov birliklarini belgilash, MXIK kodini tanlash yoki yangi materiallarga yangi kodlar biriktirish bilan bog‘liq yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar haqida gapirdi.
Soliq qo‘mitasining “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan har bir masala yuzasidan batafsil tushuntirish berdi.
Shuningdek, ochiq muloqotda ishtirok etgan har bir tadbirkorning muammosiga yechim berish maqsadida ular bilan doimiy aloqa o‘rnatildi.
Bu esa o‘z navbatida bunday muammolarga duch kelayotgan boshqa tadbirkorlarning masalasi yechim topishiga xizmat qiladi.