AsosiyJamiyat

10 oyda ishlab chiqaruvchilar 37 trln so‘mdan ortiq soliq to‘ladi

Yanvar-oktyabr oylarida qurilish korxonalari esa 7,5 trln so‘m soliq to‘lagan.

'10 oyda ishlab chiqaruvchilar 37 trln so‘mdan ortiq soliq to‘ladi'ning rasmi

2024 yil yanvar-oktyabr oylarida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 66 801 ta yuridik shaxs tomonidan 37,4 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Shundan 16 trln so‘mi 20 ta soliq to‘lovchi* hisobiga to‘g‘ri keladi. 

Ularning tovar aylanmasi 145,9 trln so‘m, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 1,8 trln so‘mdan oshgan. 

Ushbu soliq to‘lovchilar tomonidan ta’minlangan tushumlar soliq turlari kesimida: 

QQS - 5,2 trln so‘m; 

aksiz solig‘i - 4 trln so‘m;

yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq - 1,9 trln so‘m;

foyda solig‘i - 1,6 trln so‘m;

JSHODS - 784,1 mlrd so‘m; 

ijtimoiy soliq - 780 mlrd so‘m; 

mol-mulk solig‘i - 406,6 mlrd so‘m;

boshqa soliqlar - 1,2 trln so‘m.

*NKMK va OKMK AJdan tashqari

Shuningdek, 2024 yil yanvar-oktyabr oylarida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 32 489 ta yuridik shaxs tomonidan 7,5 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Shundan 1 trln so‘mi, ya’ni 13,2 %i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 13,9 trln so‘mdan ziyod, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 159,8 mlrd so‘m.

Ushbu soliq to‘lovchilar tomonidan ta’minlangan tushumlar soliq turlari kesimida: 

QQS - 462,6 mlrd so‘m; 

foyda solig‘i - 161,8 mlrd so‘m;

JSHODS - 149,3 mlrd so‘m; 

ijtimoiy soliq - 134,2 mlrd so‘m;

mol-mulk solig‘i - 48,1 mlrd so‘m; 

yer solig‘i - 38,8 mlrd so‘m;

boshqa soliqlar - 7,3 mlrd so‘m.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Sirdaryoda qariyb 900 mlnlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 21:10

    Sirdaryoda qariyb 900 mlnlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    'Toshkent viloyatida 33 yoshli ayolni xorijga fohishalikka jo‘natmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:56

    'Yuqori Chirchiqda 7 yoshli bola ota-onasi tomonidan kaltaklandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:46

    '"Samarqand qog‘ozi" geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:40

    "Samarqand qog‘ozi" geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

    Samarqand qog‘ozidan mahalliy miniatyurachi rassom va kalligraflar, Yaponiyadagi qadimiy yozma bitiklar va nodir asarlarni qayta ta’mirlashda foydalanishadi.

    'Metrodagi ayrim kassalar yopilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:23

    Metrodagi ayrim kassalar yopilmoqda

    13 ta metro bekati vestibyullaridagi kassalarni yopish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

    'Andijonda xotinini o‘ldirib, voqea joyidan qochib ketgan erkak ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:15

    Andijonda xotinini o‘ldirib, voqea joyidan qochib ketgan erkak ushlandi

    Avvalroq, voqea bo‘yicha dastlabki tafsilotlarni ma’lum qilgandik.