AsosiyDunyo

Britaniyada Ukrainadagi urushning tugash sanasi ma’lum qilindi

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni bir kunda to‘xtata olaman deb kelgan Tramp endi urushni 100 kunda to‘xtatish ustida ishlamoqda.

'Britaniyada Ukrainadagi urushning tugash sanasi ma’lum qilindi'ning rasmi

AQSH prezidenti Donald Tramp o‘zining tinchlik rejasiga muvofiq ukrainalik hamkasbi Volodimir Zelenskiyni Pasxa bayramigacha Rossiya bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishga ko‘ndirishi mumkin. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Nashr ikki davlat o‘rtasidagi urushning tugash ssenariysini deyarli tasvirlab berdi. Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni bir kunda to‘xtata olaman deb kelgan Tramp endi urushni 100 kunda to‘xtatish ustida ishlamoqda. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainaning siyosiy va diplomatik doiralarida 20 aprelgacha o‘t ochishni to‘xtatishni nazarda tutuvchi qandaydir reja muhokama qilinmoqda.

“Bu Rossiyaning hujumini to‘xtatish, Ukrainaning NATOga qo‘shilishini taqiqlash va Kiyevdan noqonuniy bosib olingan hududlar ustidan Rossiya suverenitetini tan olishni talab qiladi”, deyiladi xabarda.

Bunga qo‘shimcha ravishda, Ukraina qo‘shinlari avgust oyida qarshi hujum boshlagan Rossiyaning Kursk viloyatini tark etishga majbur bo‘ladi. Tarkibiga Britaniya askarlari ham kirishi mumkin bo‘lgan Yevropa harbiy kontingenti esa qurolsizlantirilgan hududni qo‘riqlash uchun jalb etiladi. AQSH qo‘shinlari ushbu kontingent tarkibiga kirmaydi.

Yevropa Ittifoqi Ukrainadan tiklanish sa’y-harakatlarida yordam so‘raydi. Germaniya Marshall fondi tahliliy markazi ma’lumotlariga ko‘ra, bu keyingi o‘n yil ichida 486 milliard dollarga (392 milliard funt sterling) tushishi mumkin.

O‘t ochishni to‘xtatish rejalarini amalga oshirish fevral oyi boshida Zelenskiy va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti, fevral oyi oxiri — mart oyi boshida ularning uchrashuvi va 20 aprelgacha o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi rasmiy bayonot bilan boshlanadi, deyiladi xabarda.

Urushni to‘xtatishning kelishilgan parametrlari to‘g‘risidagi deklaratsiya 9 mayga qadar e’lon qilinishi kutilmoqda. Shundan so‘ng Kiyevga harbiy holatni uzaytirmaslik va qo‘shinlarni safarbar qilishni bekor qilish taklif etiladi.

Tramp, shuningdek, urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni ishlab chiqishga ko‘maklashish uchun boshqa davlatlar vositachiligida Xalqaro tinchlik konferensiyasini tashkil etishni xohlaydi.

E’lon qilingan rejalarning ko‘plab bandlari Ukraina tomonidan yon berishni nazarda tutadi. Ammo Tramp Amerika  ukrainalik harbiylarni qo‘llab-quvvatlashini davom ettirishni, 2030 yilgacha Yevropa ittifoqiga a’zo bo‘lish imkoniyatini ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda.

Biroq Rossiya ham katta foyda ko‘radi, chunki rejalar bir necha yil ichida Rossiya energiya tashuvchilarga qarshi sanksiyalarni bekor qilishni o‘z ichiga oladi. Zelenskiyning idorasi tinchlik rejalarining qonuniyligini qat’iyan rad etadi.

“U hali rasman e’lon qilinmagan. Ba’zi nashrlarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar... ishonchim komilki, bu prezident Trampning rasmiy rejasi emas”, dedi Zelenskiy.

Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak o‘zining Telegram kanalida bunday rejalarning “aslida mavjud emasligini” yozib, bu kabi xabarlar ko‘pincha rossiyaliklar tomonidan tarqatilayotgan ayblovlar niqobi ostida tarqatilayotganini bildirdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'AQSh Xarg oroliga zarha berdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 15:31

    AQSh Xarg oroliga zarha berdi

    Orol dengizida bir nechta portlashlar sodir bo‘lgani xabar qilinmoqda.

    'Mug'tabo Homanaiy hushsiz holatda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:40

    Mug'tabo Homanaiy hushsiz holatda

    Eronning yangi oliy rahbari Qum shahrida davolanayotgani maʼlum qilindi.

    'Eron Quvaytdagi AQSh bazasiga hujum qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:09

    Eron Quvaytdagi AQSh bazasiga hujum qildi

    Hujum 5 aprel kuni tunda sodir bo‘lgan.

    'Zelenskiy Rossiyaga "energetik sulh" taklif qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:29

    Zelenskiy Rossiyaga "energetik sulh" taklif qildi

    Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaga energetika infratuzilmalariga zarba bermaslik boʻyicha oʻzaro kelishuv taklif qildi.

    'Bangladeshda qizamishdan 100 ga yaqin bola vafot etdi'ning rasmi

    Dunyo 06.04.2026 12:35

    Bangladeshda qizamishdan 100 ga yaqin bola vafot etdi

    Qizamiq belgilari aniq bolalar soni 6,476 nafarga etgan.

    'Artemis missiyasi: Oy va Yerning hayratlanarli suratlari'ning rasmi

    Dunyo 05.04.2026 17:43

    Artemis missiyasi: Oy va Yerning hayratlanarli suratlari

    NASA Artemis II astronavtlari inson koʻzi bilan koʻrilgan noyob manzaralarni namoyish etmoqda.