Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichida ishtirok etayotgan O`zbekiston milliy terma jamoasining taqvimida o`zgarish yuz berdi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati ma`lum qilmoqda.
Eron hamda O`zbekiston Futbol Federasiyalarining o`zaro kelishuvi asosida saralashning uchinchi bosqichi 8-turi doirasidagi Eron – O`zbekiston uchrashuvi 2017 yilning 12 iyun sanasiga ko`chirildi.
Eslatib o`tish lozimki, taqvimning dastlab tasdiqlangan ko`rinishiga asosan ushbu o`yin 2017 yilning 13 iyunida o`tkazilishi lozim edi.
Hozirga qadar saralashning uchinchi bosqichi doirasida jamoalar beshtadan o`yin o`tkazishgan bo`lib, Eron “A” guruhida peshqadamlik qilmoqda. Karlush Keyrush boshchiligidagi jamoa hisobida 5 o`yindan so`ng 11 ochko mavjud. Ikkinchi o`rinni egallab turgan Janubiy Koreya hisobida 10, uchinchi o`rindagi O`zbekistn milliy terma jamoasi hisobida esa 9 ochko bor.
O`zbekiston milliy terma jamoasining saralash bosqichidagi keyingi uchrashuvi 23 mart kuni safarda Suriyaga qarshi bo`ladi. Unga qadar esa O`zbekiston Armaniston hamda Gruziya terma jamoalari bilan o`rtioqlik uchrashuvlari o`tkazish borasida kelishuvga erishgan.
Gruziya terma jamoasiga qarshi nazorat o`yini 23 yanvar kuni bo`lib o`tsa, Armanistonga qarshi 12 fevral kuni o`tkaziladi.