AsosiyJamiyat

8 yanvar – Prokuratura organlari xodimlari kuni deb belgilandi

2016 yilning 13 dekabr kuni Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisi ochildi. Majlisda Vazirlar Mahkamasining taklif etilgan a`zolari, vazirliklar va idoralar rahbarlari, boshqa tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. 

Tadbirda senatorlar “O`zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunini ko`rib chiqdilar. Senatorlar 1992 yil 8 yanvar kuni “O`zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilinganligini qayd etdilar. 

Tadbirda 8 yanvarni – Prokuratura organlari xodimlari kuni deb belgilash ularning maqomini, prokuratura organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga, ularni o`z xizmat vazifalarini vijdonan bajarishga rag`batlantirishga ko`maklashishi qayd etildi. Qonun senatorlar tomonidan ma`qullandi.

Boshqa yangiliklar