AsosiyDunyo

Qozog`iston respublikasi Bosh prokuraturasi binosida o`ziga o`t qo`ygan ayol vafot etdi

Astana shahrida Qozog`iston respublikasi Bosh prokuraturasi binosida o`ziga o`t qo`ygan ayol vafot etdi, deb xabar berdi “Tengrinews.kz” nashri.

Voqea 6 dekabr kuni Astanada, Bosh prokuratura binosi yonidagi nazorat-propusk punktida ro`y berdi. 48 yoshli Mayra Rismanova binoga kirib, o`g`lining ustidan o`qilgan sud hukmidan norozi bo`lib, o`ziga o`t qo`ydi. Bu masala bo`yicha Qozog`iston respublikasi Bosh prokurori shaxsan o`zi shug`ullanishini ma`lum qilgan edi. 

“Ayolni hech kim eshitmaganligi uchun u o`ziga o`t qo`yishga majbur bo`lgan. Bu voqea bilan shaxsan o`zim shug`ullanaman. Hozircha uning tuzalib ketishini kutamiz”, degan edi Bosh prokuror Jakip Asanov.

Mayra Rismanova 2016 yilning 6 dekabr kuni Almati shahridagi № 1 sonli kasalxonaning kombustiostologiya bo`limiga yotqizilgan edi.

Boshqa yangiliklar