AsosiyMadaniyat

“Met Gala”da kim qanday ko‘rinish berdi?

Moda olamining eng ko‘zga ko‘ringan tadbiri bo‘lgan “Met Gala” festivalida mashhurlar noodatiy liboslari bilan ajralib turdi.

'“Met Gala”da kim qanday ko‘rinish berdi?'ning rasmi

Moda olamining eng ko‘zga ko‘ringan tadbiri bo‘lgan “Met Gala” festivalida mashhurlar bu safar ham noodatiy liboslari bilan ajralib turdi. Kimdir pianino ko‘targan bo‘lsa, yana biri yuziga “Louis Vuitton” logotipini yozdirgan. Quyida eng esda qolgan 6 chiqishni keltiramiz.

3000 pianino ko‘targan repper

Autkast” guruhi a’zosi Andre 3000 Met Ga gilamida qora-oq pianino ko‘targancha chiqdi. Sumka o‘rniga esa axlat paketi ko‘rinishidagi sumkani tanlagan. Bu libosni u “Burberry” bilan hamkorlikda o‘zi yasagan.

Moviy “Chanel”, porloq qoshlar

Oskar sovrindori Lupita Niongo ko‘k rangdagi Chanel kostyumi va unga mos shlyapa kiyib chiqdi. Eng qiziq jihati – qoshlarini qora toshlar bilan bezagan.

Yashil kostyum, yashil nigoh

“Cardi” B yashil Burberry kostyumi bilan chiqdi. Ko‘zlari va ko‘z soya tusini ham aynan shu rangda tanlagan. Yangi soch turmagi ham e’tiborni tortdi.

“Louis Vuitton” ni yuziga yozdi

Amerikalik repper Doechii “Met Gala”ga ilk bor tashrif buyurdi. U yuziga “Louis Vuitton” logotiplarini yozdirgan. Kostyumida ham brendning mashhur naqshlari bor edi.

“Kostyumimda o‘zimni erkin his qilaman”

Qo‘shiqchi Janelle Monáe qora-oq kostyumda chiqdi. “Bu kostyumda o‘zimni erkin his qilaman”, deya jurnalistlarga izoh berdi. Unga libosni Oscar olgan dizayner “Paul Tazewell” tayyorlagan.

Sigara tutgan “Modonna” yana gender bilan o‘ynadi

Pop yulduzi “Modonna” och tusdagi erkaklar kostyumida chiqdi. Qo‘lida sigara tutib, ayollik va erkaklik obrazini birlashtirdi — bu uslub unga begona emas.

    Boshqa yangiliklar