Zarur masalliqlar: 0,5 kg. suyaksiz baliq go`shti (laqqa baliq), 1 stakan guruch, 2-3 bo`lak sarimsoq piyoz, bitta sabzi, bitta piyoz, 2 stakan suv, yarim bog` kashnich, zaytun yog`i, tuz, qora murch.
Tayyorlanishi: 1. Tozalangan baliq go`shti ustidan 1-2 osh qoshiq zaytun yog`i solib, tuz va murch bilan marinadlang.
2. 2-3 osh qoshiq zaytun yog`i solingan tovada mayda to`g`ralgan piyoz va sabzini qovuring. Ustidan chayilgan guruch soling.
3. Sabazavot va guruch tovada qovurilgach, ustidan bo`laklangan baliq go`shtini solib, 2 stakan suv qo`shing.
4. Baliq solingan suv qaynab chiqqach, tovaning qopqog`ini yopib, tagini pastlang. Taom 20-25 daqiqa davomida tayyor bo`ladi. Dasturxonga tortishda likopchaning bir tarafiga baliq go`shtini, ikkinchisiga esa guruch va sabzavotlarni solasiz.
Tayyorlanish vaqti: 25 daqiqa.