AsosiyJAMIYAT

Jizzaxda attraksion qulashi oqibatida to‘rt kishi jarohat oldi

Ayni vaqtda jarohatlanganlarning ahvoli va hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

'Jizzaxda attraksion qulashi oqibatida to‘rt kishi jarohat oldi'ning rasmi

Jizzax shahrida joylashgan istirohat bog‘idagi attraksionda yuz bergan hodisa oqibatida to‘rt nafar fuqaro jarohat oldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hodisa kecha, 10 iyun kuni kechqurun Jizzax shahrining “Jizzaxlik” mahallasi hududida joylashgan “O‘rda ekologik bog‘i”da sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bog‘ hududidagi “Sky Drop” attraksioni qulagan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, hodisa natijasida to‘rt nafar jabrlanuvchi shifoxonaga olib ketilgan. Hozircha halok bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Ayni vaqtda jarohatlanganlarning ahvoli va hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Mas’ul idoralar tomonidan voqea yuzasidan tekshiruv harakatlari boshlangan. Xususan, holatni o‘rganishga sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida nazoratni amalga oshiruvchi vakolatli organlar ham jalb etilgan.

Ma’lumot uchun, “Sky Drop” attraksioni yo‘lovchilarni balandlikka ko‘tarib, so‘ng kabinasini yuqori tezlikda pastga tushirish orqali erkin qulayotgandek hissiyot uyg‘otadigan ekstremal attraksionlar turiga kiradi. Bunday qurilmalar muntazam texnik nazorat va xavfsizlik tekshiruvlaridan o‘tkazilishi talab etiladi.

    Boshqa yangiliklar