Buning uchun Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan 4,4 milliard so‘m ajratiladi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti administratsiyasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, pensiyaning sug‘urta qismini 1,2 koeffitsiyent bilan, ya’ni 20 foizga oshirish rejalashtirilgan. Qo‘shimcha to‘lov miqdori kamida 1 ming so‘m, ko‘pi bilan esa 10 ming so‘m bo‘ladi.
Dastlab indeksatsiya koeffitsiyenti 1,13 etib belgilangan. U 2025 yildagi o‘rtacha ish haqi va iste’mol narxlarining o‘sishi asosida hisoblangan.
Biroq Ijtimoiy jamg‘arma byudjeti imkoniyatlaridan kelib chiqib, koeffitsiyentni 1,2 gacha oshirishga qaror qilingan.
Indeksatsiyadan keyin mamlakatda o‘rtacha pensiya miqdori 12 ming 898 so‘mga yetishi kutilmoqda. Pensionerlar o‘rtacha hisobda amaldagi to‘loviga qo‘shimcha 1 ming 753 so‘m oladi. Bu hozirgi pensiya miqdoriga nisbatan qariyb 16 foizlik o‘sishni anglatadi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2026 yil 1 oktyabrga kelib Qirg‘izistonda pensionerlar soni 832,4 ming nafarni tashkil etadi.






