AsosiyBU QIZIQ

Xivadagi “Qovun sayli” festivali Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi

Xiva shahrida 7–9 avgust kunlari o‘tkazilgan “Qovun sayli” festivalida jahon rekordi o‘rnatildi.

'Xivadagi “Qovun sayli” festivali Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi'ning rasmi

259 kishi bir vaqtning o‘zida 10 dan ortiq qovun navini tatib ko‘rib, rekord o‘rnatdi.

Festival “Ichan-qal‘a” tarixiy majmuasi hamda “Arda Xiva” sayyohlik markazida tashkil etildi. Unda jami 186 ming nafar mehmon, jumladan, 150 ming mahalliy va 36 ming xorijiy sayyoh ishtirok etdi.

Festivalning asosiy voqealaridan biri “Eng katta qovun degustatsiyasi” bo‘yicha jahon rekordining o‘rnatilishi bo‘ldi.

Ginnes rekordlari kitobi tomonidan berilgan rasmiy sertifikatga ko‘ra, rekord 9 avgust kuni Xiva shahrida qayd etilgan. Unda 259 kishi bir vaqtning o‘zida 10 dan ortiq qovun navini tatib ko‘rgan. 

Rekordni tasdiqlash jarayonida Ginnes rekordlari kitobining rasmiy hakami, Turkiya va Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili Sheyda Subashi Gemiji ham ishtirok etgan.

Festival davomida Xorazm viloyati tumanlari, fermer xo‘jaliklari va boshqa ishtirokchilar tomonidan qovun navlari, mahalliy mahsulotlar va qishloq xo‘jaligi sohasidagi yutuqlar namoyish etildi.

“Qovun sayli” festivali Xorazm viloyatining turistik salohiyatini targ‘ib qilish, agroturizmni rivojlantirish hamda mahalliy mahsulotlarni keng ommalashtirishga qaratilgan.

    Boshqa yangiliklar