AsosiyBU QIZIQ

O'zbekistonda turoperator va turagentlar soni 3,4 mingtadan oshdi

Yil davomida ularning soni 24 foizdan ziyodga ko‘paygan.

'O'zbekistonda turoperator va turagentlar soni 3,4 mingtadan oshdi'ning rasmi

Oʻzbekistonda turizm sohasida xizmat koʻrsatayotgan turoperatorlar, turagentlar va boshqa tadbirkorlik subyektlari soni 3,4 mingtadan oshdi. 

Yil davomida ularning soni 24 foizdan ziyodga koʻpaygan. Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026 yil 1 iyul holatiga koʻra, Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida xizmat koʻrsatuvchi boshqa tadbirkorlik subyektlari soni 3 455 tani tashkil etgan.

Bu koʻrsatkich 2025 yilning mos davri bilan solishtirganda 676 taga yoki 24,3 foizga oshgan.

Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan subyektlar soni soʻnggi yillarda quyidagicha oʻsgan:

— 2022 yil — 1 918 ta;

— 2023 yil — 2 071 ta;

 — 2024 yil — 2 585 ta;

— 2025 yil — 2 779 ta;

— 2026 yil — 3 455 ta.

Shunday qilib, soʻnggi toʻrt yilda mamlakatda turizm sohasida xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari soni qariyb 1,8 baravarga koʻpaygan.

    Boshqa yangiliklar