O‘zbekistonda 2026 yil 1 yanvar holatiga 161 ta madaniyat va istirohat bog‘i faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bog‘lar soni 2024 yilga nisbatan 25 taga ko‘paygan. Ularning umumiy maydoni 1,8 ming gektarni tashkil etgan.
2025 yil davomida madaniyat va istirohat bog‘lariga 27 million marta tashrif buyurilgan. Bu 2024 yildagi ko‘rsatkichdan 3,2 milliontaga ko‘p.
Tashriflar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchi — poytaxtdagi 29 ta bog‘ga 14,5 million marta tashrif qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarda Namangan viloyati — 9,2 million va Buxoro viloyati — 631 ming tashrif bilan qayd etilgan.
Eng kam tashrif Sirdaryo (34 ming) va Toshkent (16,7 ming) viloyatlarida kuzatilgan.






