18 avgust kuni Tehron shahrida O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri birinchi o'rinbosari Bahromjon A'loev boshchiligidagi delegatsiya Eron Islom Respublikasi birinchi vitse-prezidentining o'rinbosari Ali Najafiy Xo'shrudiy tomonidan qabul qilindi.
Uchrashuv davomida O'zbekiston va Eron o'rtasidagi munosabatlarning bugungi holati hamda ularni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.
Tomonlar ikki mamlakat o'rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini ko'rib chiqqan.






