AsosiySIYOSAT

Tadbirkorlarga qo‘llanadigan jarimalar o‘rtacha ikki barobarga kamaytiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorazmda tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan VI ochiq muloqotida biznesga ma'muriy bosimni kamaytirishga qaratilgan muhim tashabbus e'lon qilindi.

'Tadbirkorlarga qo‘llanadigan jarimalar o‘rtacha ikki barobarga kamaytiriladi'ning rasmi

Bugungi kunda 51 ta idora moliyaviy jarima qo‘llash vakolatiga ega. Jarimaning bir qismi bevosita shu idoraga tushishi ayrim rahbarlarda "tekshirsa — qo‘rqadi, qo‘rqsa — to‘laydi" degan noto‘g‘ri yondashuv saqlanib qolishiga sabab bo‘layotgani tanqid qilindi.

Shu bois tadbirkorlarga qo‘llanadigan barcha turdagi jarimalar miqdori o‘rtacha ikki barobarga kamaytiriladi.

Bu javobgarlik bekor qilinishini anglatmaydi. Asosiy maqsad — jarimani mablag‘ yig‘ish vositasiga aylantirmaslik, nazoratni tartib-intizom va profilaktikaga yo‘naltirish.

Yangi yondashuv tadbirkorlarga tushadigan moliyaviy bosimni kamaytirish va nazorat tizimida adolatli mezonlarni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Agar asossiz jarima qo‘llangan yoki tadbirkorlik huquqlaringiz buzilgan, deb hisoblasangiz, Biznes-ombudsmanga murojaat qilishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar