AsosiyDUNYO

Tezyurar poyezd temir yo‘lda ishlayotgan 4 ishchini urib ketdi

Hodisa 20 avgust kuni soat 10:45 atrofida Tochigi prefekturasining Kanuma shahridagi Sin-Kanuma stantsiyasi yaqinida sodir bo‘lgan.

'Tezyurar poyezd temir yo‘lda ishlayotgan 4 ishchini urib ketdi'ning rasmi

Yaponiyaning Tochigi prefekturasida tezyurar poyezd temir yo‘lda ishlayotgan 4 nafar ishchini urib ketdi. Hodisa oqibatida ularning barchasi halok bo‘lgan.

Hodisa 20 avgust kuni soat 10:45 atrofida Tochigi prefekturasining Kanuma shahridagi Sin-Kanuma stansiyasi yaqinida sodir bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, 7 nafar ishchi temir yo‘l izlarida begona o‘tlarni tozalayotgan bo‘lgan.

Shu paytda Tobu Nikko stansiyasidan Tokiodagi Tobu Asakusa stansiyasi tomon harakatlanayotgan Spacia X2 tezyurar poyezdi ishchilarni urib ketgan.

50–60 yoshlardagi to‘rt nafar erkak turli joylardan topilib, shifoxonaga olib ketilgan. Biroq ularning barchasi vafot etgani tasdiqlangan.

Poyezdda taxminan 50 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ular orasida jabrlanganlar qayd etilmagan.

Hodisadan so‘ng ayrim stansiyalar o‘rtasida poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan. Qatnov soat 15:22 da qayta tiklangan.

    Boshqa yangiliklar