AsosiyJAMIYAT

Xorazmda kambag'allik darajasi 6,7 foizdan 3,9 foizga pasaydi

Ayni paytda viloyatda 39 ming nafar ishsiz fuqaro bor.

'Xorazmda kambag'allik darajasi 6,7 foizdan 3,9 foizga pasaydi'ning rasmi

Xorazm viloyatida yil boshidan buyon kambag‘allik darajasi 6,7 foizdan 3,9 foizga tushirildi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevga aholi bandligini ta’minlash, daromadlarni oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha taqdimotda ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, yil boshidan 29 mingta oiladagi 127 ming nafar aholining rasmiy daromadi va moddiy ahvoli yaxshilanib, ular kambag‘allikdan chiqarilgan.

Ayni paytda viloyatda 39 ming nafar ishsiz fuqaro bor. Yana 102 ming kishi mehnat migratsiyasida.

Xorazmda 50 mingdan ziyod bo‘sh ish o‘rni mavjud bo‘lsa-da, zarur malakaga ega kadrlar yetishmasligi sababli ularning bir qismi bo‘sh qolmoqda.

Yil yakuniga qadar yana 18 mingta kam ta’minlangan oiladagi 81 ming nafar aholini kambag‘allikdan chiqarish hamda 39 ming nafar ishsiz fuqaroni doimiy ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Buning uchun sanoat, xizmat ko‘rsatish, turizm, transport, qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalarida yangi loyihalar amalga oshiriladi. 250 ta yangi korxona tashkil etilib, 2,5 mingta mikroloyiha ro‘yobga chiqariladi.

Prezident har bir insonga alohida yondashib, uning imkoniyatlaridan kelib chiqib munosib ish bilan ta’minlash zarurligini ta’kidladi.

    Boshqa yangiliklar