AsosiyJAMIYAT

Ayrim hududlarda chang-to'zon va kuchli shamol kuzatiladi

Bu haqda O'zgidromet xabar berdi.

'Ayrim hududlarda chang-to'zon va kuchli shamol kuzatiladi'ning rasmi

Bugun, 21 avgust kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida, jumladan Toshkent shahrida kuchli shamol va chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

Ma‘lum qilinishicha, kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarining ayrim hududlarida, shuningdek, tog‘li hududlarda shamol tezligi 1520 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ayrim joylarda kuchli shamol chang-to‘zon bilan kuzatiladi.

Toshkent shahrida ham shamol tezligi 1012 m/s gacha kuchayishi va ayrim joylarda chang-to‘zon ko‘tarilishi ehtimoli bor.

Fuqarolardan kuchli shamol va chang-to‘zon vaqtida ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish so‘raldi.

    Boshqa yangiliklar