AsosiyJAMIYAT

Andijonda 21 yoshli yigit 127 gramm sintetik narkotik bilan ushlandi.

Andijon viloyatida 21 yoshli yigit qo‘shni davlatdan O‘zbekistonga 127 gramm sintetik narkotik moddasini olib kirishga uringan vaqtda ushlandi.

'Andijonda 21 yoshli yigit 127 gramm sintetik narkotik bilan ushlandi.'ning rasmi

Ma'lum bo'lishicha, fuqaro Andijon viloyati bojxona boshqarmasining "Do'stlik" chegara bojxona posti orqali mamlakat hududiga kirib kelgan. U bojxona xodimlarida shubha uyg'otgani sababli xolislar ishtirokida shaxsiy ko'rikdan o'tkazilgan.

Ko'rik davomida yigit oyoqlarining son qismiga 63 dona o'ramni skotch yordamida mahkamlab, yashirin tarzda olib o'tayotgani aniqlangan.

Ekspertiza xulosasiga ko'ra, paketlardagi qora, ko'k va sariq rangli o'ramlar hamda zip-paketlardagi moddalarning umumiy og'irligi 127 gramm bo'lib, ular α-PVP sintetik narkotik moddasi ekani ma'lum bo'lgan.

Mutaxassislarga ko'ra, α-PVP inson ruhiyati va markaziy asab tizimiga kuchli ta'sir ko'rsatuvchi xavfli sintetik narkotik modda hisoblanadi.

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

21 yoshli yigit esa o'zining "qora bozor"dagi bir urinishi ortidan umrining eng gullagan davrini panjara ortida o'tkazish xavfi bilan yuzma-yuz keldi.

    Boshqa yangiliklar