AsosiySIYOSAT

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Ko'ksaroy qarorgohida O'zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarini ikki mamlakatning oliy davlat mukofotlari — "Oliy darajali Do'stlik" va "Haydar Aliyev" ordenlari bilan taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

'O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlandi'ning rasmi

Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarini ikki mamlakatning oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevga O‘zbekiston Respublikasining oliy davlat mukofoti — "Oliy darajali Do‘stlik" ordeni topshirildi.

Shavkat Mirziyoyev mazkur mukofot Ilhom Aliyevning O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashdagi xizmatlariga berilgan yuksak baho ekanini ta’kidladi.

O‘z navbatida, Ozarbayjon Prezidenti yuksak e’tirof uchun O‘zbekiston Prezidenti va xalqiga minnatdorlik bildirdi.
Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonning oliy davlat mukofoti — "Haydar Aliyev" ordeni bilan taqdirlandi. Mukofotni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev topshirdi.

Shavkat Mirziyoyev mazkur ordenni O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi abadiy do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash yo‘lidagi qo‘shma sa’y-harakatlarga berilgan yuksak baho sifatida qabul qilishini ta’kidladi.

Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi qardoshlik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorlikni kelgusida ham izchil rivojlantirishga kelishib oldilar.

    Boshqa yangiliklar