AsosiySIYOSAT

O'zbekiston va Ozarbayjon "Abadiy do'stlik to'g'risida"gi shartnomani imzoladi

Shuningdek, 2030 yilgacha o'zaro tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish bo'yicha kelishuvga erishildi.

'O'zbekiston va Ozarbayjon "Abadiy do'stlik to'g'risida"gi shartnomani imzoladi'ning rasmi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev “Abadiy doʻstlik toʻgʻrisida”gi shartnomani imzoladi. Shuningdek, Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yigʻilishi qarori qabul qilindi.

Tom onlar pensiya taʼminoti, madaniyat va turizm sohalarida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlarni ham imzoladi. Ikki davlat 2030 yilgacha oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish boʻyicha dastur qabul qildi.

Shuningdek, investitsiya va savdo sohasidagi kelishuvlarni amalga oshirish rejasi tasdiqlandi. Tashqi ishlar hamda adliya vazirliklari oʻrtasida 2027–2028 yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturlari qabul qilindi.

Bundan tashqari, Urganch va Xonkendi, Buxoro va Lochin, Urganch va Naxchivon shaharlari oʻrtasida birodarlik munosabatlarini oʻrnatish boʻyicha hujjatlar imzolandi.

    Boshqa yangiliklar

    O'zbekiston va Ozarbayjon "Abadiy do'stlik to'g'risida"gi shartnomani imzoladi - Darakchi.uz