AsosiyJAMIYAT

Bugun 8 ta hududda kuchli shamol va chang-to'zon kuzatilishi mumkin

Ayrim hududlarda kuchli shamol chang-to‘zon bilan birga kuzatilishi ehtimoli bor.

'Bugun 8 ta hududda kuchli shamol va chang-to'zon kuzatilishi mumkin'ning rasmi

Bugun, 24 avgust kuni O‘zbekistonning bir qator hududlarida kuchli shamol va chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun kunduzi Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari, shuningdek, tog‘li hududlarning ayrim joylarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Shuningdek, Toshkent shahrida ham shamol tezligi 11–14 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin.

Fuqarolarga kuchli shamol va chang-to‘zon vaqtida ehtiyot choralariga rioya qilish tavsiya etiladi.

    Boshqa yangiliklar

    Bugun 8 ta hududda kuchli shamol va chang-to'zon kuzatilishi mumkin - Darakchi.uz