AsosiyJAMIYAT

Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevni Qurultoy saylovi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi.

Davlat rahbarlari mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.

'Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevni Qurultoy saylovi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi.'ning rasmi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston rahbarini mamlakat tarixida ilk bor bir palatali Qurultoyga saylov muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy tabrikladi.

Yangi Qurultoy Qozog‘istondagi izchil islohotlarni yanada ilgari surish, keng ko‘lamli o‘zgarishlarni qonunchilik jihatidan samarali ta’minlash va mamlakatning barqaror rivojlanishiga yangi sur’at bag‘ishlashiga ishonch bildirildi.

Muloqotda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tomonlar o‘zaro savdo hajmini yanada oshirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, transport-logistika aloqalarini kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Shuningdek, ikki mamlakat hududlari o‘rtasida ishbilarmonlik aloqalarini faollashtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratish muhimligi ta’kidlandi.

    Boshqa yangiliklar

    Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevni Qurultoy saylovi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi. - Darakchi.uz