AsosiyJAMIYAT

1-sinflardan ortib qolgan o‘quv qurollari bog‘chalarga beriladi

Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 24 avgustdagi qarorida belgilandi.

'1-sinflardan ortib qolgan o‘quv qurollari bog‘chalarga beriladi'ning rasmi

Qaror bilan Vazirlar Mahkamasining "O'qituvchilar va o'quvchilar turmushi moddiy sharoitlarini yaxshilashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qaroriga qo'shimcha kiritildi.

Unga ko'ra, joriy o'quv yilida umumiy o'rta ta'lim maktablarining 1-sinflariga qabul qilingan o'quvchilar soniga mos ravishda tarqatilgan o'quv qurollari to'plamidan ortib qolgan qismi keyingi o'quv yili uchun davlat xaridlarini amalga oshirishda inobatga olinadi.

Shu bilan birga, keyingi o'quv yiligacha yaroqlilik muddati tugaydigan o'quv qurollari Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining majburiy maktabga tayyorlov guruhlariga bepul foydalanish uchun ajratiladi.

Ma'lumot uchun, 2026 yilda O'zbekistonda 795 mingdan ortiq bola 1-sinfga qabul qilinishi kutilmoqda. Ularga "Prezident sovg'asi" sifatida 12 turdagi o'quv qurolidan iborat to'plam beriladi.

To'plamdan o'quv sumkasi, 12 ta daftar, ruchka, 2 ta oddiy qalam, rangli qalamlar to'plami, rangli qog'oz, plastilin, rasm daftari, 2 ta o'chirg'ich, rangli akvarel bo'yoqlari, elim va qalamdon o'rin olgan.

    Boshqa yangiliklar

    1-sinflardan ortib qolgan o‘quv qurollari bog‘chalarga beriladi - Darakchi.uz