Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Sardoba va Jizzax viloyatlarida tezkor tadbirlar o‘tkazildi. Natijada qariyb 14 kilogramm "opiy" moddasi musodara qilindi.
Tezkor tadbirlar davomida Toshkent shahrida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxsning Sirdaryo tumanidagi vaqtincha yashash xonadoni holislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.
U yerda 1983 yilda tug‘ilgan Tojikiston fuqarosi hamda Qashqadaryo viloyatida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyat uchun sudlangan yana bir shaxs borligi aniqlangan.
Surishtiruv ishlari davomida mazkur uch nafar shaxs qo‘shni Tojikistondagi narkokurerlar tomonidan Jizzax viloyatining Yangiobod tumani hududidagi yashirin joyga qoldirilgan giyohvandlik vositalarini olib, ularni sotish va tarqatish orqali katta miqdorda daromad olish maqsadida jinoiy til biriktirgani aniqlangan.
Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, yashirin joydan umumiy og‘irligi 13 kilogramm 653 gramm "opiy" moddasi olingan va protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.






