AsosiyJAMIYAT

Mirziyoyev: 35 yil — tarix uchun juda qisqa davr, ammo asrga tatigulik davr bo‘ldi

Tadbirda davlat rahbari yigʻilganlarni Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi.

'Mirziyoyev: 35 yil — tarix uchun juda qisqa davr, ammo asrga tatigulik davr bo‘ldi'ning rasmi

Bugun, 26 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda davlat rahbari yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi.

“35 yil — tarix uchun juda qisqa davr. Lekin ortda qolayotgan yillar o‘zining ko‘lami, yutuq va natijalari bilan asrga tatigulik davr bo‘ldi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi”, — dedi Prezident.

Davlat rahbari bugungi o‘zgarishlarning haqiqiy muallifi mehnatkash va olijanob xalq ekanini ta’kidladi.

Uning qayd etishicha, mustaqillikning qadr-qimmati qishloqlarda rizq-ro‘z yaratayotgan fermer va dehqonlar, farzandlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar, inson hayotini asrayotgan shifokorlar mehnatida namoyon bo‘lmoqda.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev ilm-fan taraqqiyotiga yangi g‘oya va kashfiyotlar olib kirayotgan olimlar, zamonaviy korxonalar barpo etayotgan sanoatchi va tadbirkorlar, shahar va qishloqlarni obod qilayotgan quruvchi hamda arxitektorlarning mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasiga alohida to‘xtaldi.

Davlat mukofotlarini topshirish marosimida turli sohalarda samarali mehnat qilib, mamlakat rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan fidoyi yurtdoshlar e’tirof etilmoqda.

    Boshqa yangiliklar