AsosiyJAMIYAT
Muallif: Darakchi.uz

Oʻzbekistonda "Madad" maxsus qutqaruv markazi tuzilishi rejalashtirilmoqda

Unda "Madad" maxsus qutqaruv markazini tashkil etish va qutqaruvchilarning hodisa joyiga yetib borish vaqtini qisqartirish rejalari ma’lum qilindi.

'Oʻzbekistonda "Madad" maxsus qutqaruv markazi tuzilishi rejalashtirilmoqda'ning rasmi

O‘zbekistonda murakkab sharoitlarda ishlaydigan "Madad" milliy ko‘p tarmoqli maxsus qutqaruv markazi tashkil etiladi. Bu haqda 20 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevga favqulodda vaziyatlarga tezkor javob berish tizimini takomillashtirish bo‘yicha taqdim etilgan axborotda ma’lum qilindi.

Taqdimotda ayrim yong‘in-qutqaruv qismlarining binolari va texnikalari zamonaviy talablarga javob bermasligi qayd etildi.

Shu munosabat bilan shaharlarda qutqaruvchilarning yetib kelish vaqtini 5–7 daqiqaga, boshqa hududlarda esa 15–20 daqiqaga qisqartirish vazifasi qo‘yildi. Shuningdek, aholisi 250 mingdan ortiq bo‘lgan tuman va shaharlardagi 25 ta yong‘in-qutqaruv qismini qayta tashkil etish, ularni zamonaviy texnika bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, aviatsiya-qutqaruv bo‘limi va favqulodda vaziyatlarni boshqarish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish taklif qilindi. "112" yagona dispetcherlik xizmati faoliyatini takomillashtirish, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan kengroq foydalanish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

    Boshqa yangiliklar