AsosiyJAMIYAT

Oʻzbekiston elchisi Bruney sultoniga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Karomiddin G‘adoyev O‘zbekistonning Bruneydagi elchisi bo‘ldi

'Oʻzbekiston elchisi Bruney sultoniga ishonch yorliqlarini topshirdi.'ning rasmi

O‘zbekistonning Bruneydagi, qarorgohi Kuala-Lumpurda joylashgan elchisi Karomiddin G‘adoyev Bruney sultoni Hassanal Bolkiahga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Uchrashuvlarda O‘zbekiston va Bruney o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, elchi Bruney tashqi ishlar vaziri shahzoda Abdul Matin va tashqi ishlar bo‘yicha ikkinchi vazir Erivan Yusof bilan uchrashdi.

Muzokaralar yakunida savdo-iqtisodiy, madaniy, ta'lim va turizm sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Qayd etish joiz, Karomiddin G‘adoyev 2023 yil noyabr oyidan buyon O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar