Ashxobod shahrida O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva g‘amxo‘rlikka muhtoj bolalarga yordam ko‘rsatish xayriya jamg‘armasi vitse-prezidenti Oguljaxon Atabayeva hamda Haydar Aliyev jamg‘armasi vitse-prezidenti Laylo Aliyeva bilan uchrashdi.
"Muloqotlarimiz yaxshi an'anaga aylanib qoldi. Har safar fikr almashganimizda umumiy g‘oyalarimiz boyib, hamkorlikda yangidan-yangi loyihalar yuzaga kelmoqda", — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
U O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjonni ko‘p asrlik do‘stlik, o‘zaro ishonch va mushtarak qadriyatlar bog‘lab turishini ta'kidladi. Shuningdek, uchrashuvlar kelgusida ham ezgu ishlarga xizmat qilib, mamlakatlarni yanada yaqinlashtirishiga umid bildirdi.






