AsosiyJamiyat

​50 ta tez tibbiy yordam avtomobili ehtiyoj baland hududlarga berildi

Joriy yilning 16 mart kuni mamlakatimiz Prezidentining “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada...

Joriy yilning 16 mart kuni mamlakatimiz Prezidentining “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni imzolandi.

Hujjatda sohani rivojlantirishga doir ko`plab vazifalar qatorida kechiktirib bo`lmaydigan vaziyatlarda bemorlar hayotini saqlab qolish maqsadida shoshilinch tibbiy yordam xizmati muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tizimning transport parkini boyitish uchun davlat byudjeti va boshqa mablag`lar hisobidan 2017 yilning o`zida 1200 ta tez tibbiy yordamga ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalari xarid qilinishi ham belgilangan edi, Sog`liqni saqlash vazirligi Axborot xizmati.

Ayni kunlarda zarur vositalar bilan jihozlangan 50 dona “DAMAS AMB” rusumidagi tez tibbiy yordam avtomobilari xarid qilinib, ehtiyoj baland bo`lgan hududlarga berildi.

Bu esa tez tibbiy yordam xizmatining yanada tezkor va sifatli ishlashida muhim omil bo`lib xizmat qiladi.

Boshqa yangiliklar