“Yuventus” jamoasi EChL chorak finalida “Barselona” bilan kuch sinashib, ikki o`yin natijasiga ko`ra (3:0, 0:0) kataloniyaliklarni musobaqadan chiqarib yubordi.
Javob o`yinidan keyin turinliklar yarim finalga oldi, jamoa forvardi Paulo Dibala esa bo`lajak o`yinlarda qaysi raqib bilan to`qnash kelishidan qat`i nazar qo`rqmasligini aytdi.
“Barselona” sinagari jamoaga qarshi mehmonda gol o`tkazmaslik oson ish emas. Chorak finalga qur`a tashlanganida, kataloniyaliklardan boshqa barcha raqibga rozi edik. Endi men yarim finalda yaqqol favoritni ko`rmayapman. O`ylashimcha, barcha 4 jamoa ham teng kuchga egadir. Ko`ramiz, bizga kim raqib bo`lar ekan”, – dedi argentinalik futbolchi.