“Yuventus” jamoasi darvozaboni Janluiji Buffon EChL doirasida tarixiy natija qayd etishga muvaffaq bo`ldi.
“Monako”ga qarshi (2:0) EChL yarim final dastlabki o`yinida musobaqa doirasida 100-uchrashuvini o`tkazdi.
39 yoshli futbolchi “Yuventus” safida natijani qayd etgan birinchi futbolchiga aylandi. Bundan tashqari u EChLda eng ko`p o`yin o`tkazgan darvozabon ham bo`ldi.