​Toshkentdagi 60 ta oilaviy poliklinika 60 dona “Damas” bilan ta`minlandi

Jamiyat 10.05.2017, 14:02
Teglar: Avto, Tibbiyot, Toshkent
​Toshkentdagi 60 ta oilaviy poliklinika 60 dona “Damas” bilan ta`minlandi

Birlamchi tibbiy bo`g`inda tibbiy xizmatning tezkorligini ta`minlash va shu orqali shoshilinch va ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatga tushayotgan yuklamalarni engillashtirish maqsadida poytaxtimizdagi jami 60 ta shahar oilaviy poliklinikalariga 60 dona “DAMAS” rusumli avtomashinalar topshirildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Endilikda bemorlarning uyiga borib, eng kerakli tibbiy muolajalarni amalga oshirish, zarur holatlarda ularni oilaviy poliklinika yoki boshqa tibbiyot muassasasiga etkazib borish kabi vazifalar o`z vaqtida, kechiktirilmay amalga oshiriladi. Avtomashinalar o`z hududi bo`ylab harakatlangani bois, yo`llar tirbandligidan kelib chiqadigan tez yordam birigadalarining kechikishi kabi holatlar oldi ham olinadi.

Bundan tashqari, har bir poliklinikada tez tibbiy yordam uchun ixtisoslashgan xonalar tashkil etilib, ularning uzluksiz ishlovchi telefon raqamlari xonadonlarga tarqatildi. Bu esa birlamchi yordamdan foydalanish imkoniyatini kengaytirib, ish samaradorligini yanada oshirishga, oilaviy poliklinikalarning tunu kun faoliyat yuritishiga xizmat qiladi.

E`tiborli tomoni, ushbu avtoulovlar Prezidentimizning “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoniga ko`ra xarid qilinishi belgilangan 1200 ta tez tibbiy yordam avtomobillari hisobidan bo`lmadi.

Poytaxtimiz poliklinikalariga tatbiq etilgan mazkur amaliyot kelajakda boshqa hududlarda ham joriy qilinishi belgilangan. Xususan, yaqin kunlarda Samarqand shahar oilaviy poliklinikalarida ham xuddi shunday “DAMAS” rusumli avtomashinalar aholi xizmatiga topshiriladi.

Kuzatuvlar shuni ko`rsatdiki, bir kunda mamlakatimiz bo`yicha tez tibbiy xizmatga o`rta hisobda 18-20 mingchaqiriq tushadi. Bu esa, birlamchi tibbiy bo`g`in va shoshilinch tibbiy xizmatni o`zaro yaqinlashtirish zaruratini yuzaga keltirdi.

Sharhlar

Toshkentda bolalarni o`g`irlab ketilayotgani haqida video tarqaldi. O`quvchilarni nega mashinaga tiqishmoqchi bo`lishgani ochiqlandi (video)

04.02.2023, 10:15

Ijtimoiy tarmoqlarda go`yoki maktab o`quvchilarini o`g`irlashmoqchi bo`lishayotganligi haqida video xabarlar tarqalmoqda.Mazkur video tarqalidan so`ng, bolalarning yaqinlari deb aytilgan audio ham tarqaldi.Holat bo`yicha IIV o`rganish natijalarini...
Toshkentda "dom" oldida turgan "Captiva" yonib ketdi (video)

01.02.2023, 09:52

Too`kentda "Captiva" yonib ketdi. Bu haqda YHXX xabar bermoqda. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, bugun, 2023 yil 1 fevral kuni soat 08:30 larda, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, KXAY...
Toshkent viloyatida xizmat qilayotgan 20 yoshli askar vafot etdi. Holat bo`yicha tekshiruv boshlandi (video)

17.01.2023, 12:04

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi harbiy qismlarning birida muddatli harbiy xizmatni o`tayotgan 20 yoshli yigitning vafot etgani yuzasidan xabar tarqaldi.Ma`lum qilinishicha, 12 yanvar kuni...
Toshkentda 17 ta mashina ishtirokida katta avariya sodir bo`ldi (video)

13.01.2023, 09:20

Kecha, 12 yanvar kuni Toshkent shahrida 17 ta mashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Poytaxt YHXB axborot xizmati hodisa yuzasidan ma`lumot taqdim etdi.Ma`lum qilinishicha, soat 20:40...