AsosiyJamiyat

​Shavkat Mirziyoev Xitoy Bosh vaziri bilan uchrashdi

'​Shavkat Mirziyoev Xitoy Bosh vaziri bilan uchrashdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashi Bosh vaziri Li Kesyan bilan uchrashdi.

Bosh vazir Prezidentimizning tashrifi davlatlarimiz o`rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, o`zaro strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qilishini qayd etdi, deya xabar qiladi O`zA.

Shavkat Mirziyoev O`zbekiston Xitoy bilan do`stlik aloqalarini qadrlashini, mamlakatlarimizning o`zaro hamkorligi izchil rivojlanib borayotgani xalqlarimiz manfaatlariga mos ekanini ta`kidladi.

Davlatimiz rahbarining Xitoyga davlat tashrifi davomida 100 dan ortiq hujjat imzolandi. Bu ko`p yillik savdo-iqtisodiy munosabatlar, O`zbekiston va Xitoy o`rtasida barcha sohalardagi aloqalar yangi bosqichga ko`tarilganidan dalolat beradi.

Tashrif davomidagi uchrashuvlar ko`p qirrali munosabatlar ko`lamini kengaytirish, o`zaro aloqalarning hozirgi holatini har tomonlama tahlil etish va istiqbolli yo`nalishlarini belgilab olish uchun qulay imkoniyat yaratdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar