AsosiyDunyo

​Nyu-Yorkda odamlarni bosib ketgan avtomashinani kuzatuv kamerasi suratga oldi (Video)

'​Nyu-Yorkda odamlarni bosib ketgan avtomashinani kuzatuv kamerasi suratga oldi (Video)'ning rasmi

AQShning Nyu-York shahrida bir guruh odamlarni bosib ketgan avtomashina kuzatuv kameralari tomonidan suratga olindi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Bronksda yashovchi Rikardo Roxas Nyu-Yorkning markaziy maydonlaridan birida ketayotgan odamlarni bosib ketdi. Oqibatda 22 kishi jabrlandi, 18 yoshli qiz esa voqea joyida halok bo`ldi.

Polisiya bo`limida so`roq qilingan Roxas odamlarni bosishiga noma`lum ovoz sabab bo`lganligini, uning buyrug`iga asosan bu ishni amalga oshirganini ma`lum qildi. Testlar tahlili Roxasning qonida chekish orqali inson organizmiga tushuvchi noma`lum modda bo`lganligini ko`rsatdi. Roxas polisiyadan o`zini otib tashlashni iltimos qildi. Mazkur fojia yuzasidan AQSh prezidenti Donald Trampga axborot berildi.


Boshqa yangiliklar