AsosiyDunyo
6941

​Manchesterda ro`y bergan teraktda yaradorlarga yordam bergan daydi yigitga uy olish uchun pul yig`ildi

'​Manchesterda ro`y bergan teraktda yaradorlarga yordam bergan daydi yigitga uy olish uchun pul yig`ildi'ning rasmi

Daydi yigitgan boshpana olish uchun pul yig`ayotgan odamlar, uning harakatidan keyin odamlarga nisbatan ishonch paydo bo`lganini ma`lum qildi, deb xabar berdi Tjournal.ru nashri.

Stiv ismli uysiz yigit Manchester stadionida portlash yuz berganini ko`rib, jabrlanganlarga yordamga shoshildi. U bolalarning badaniga sanchilgan bomba parchalarini terishga ko`maklashdi, tibbiyot xodimlari etib kelgunga qadar yaradorlarga yordam berdi.

Stivning Com Plex nashriga bergan ma`lumotiga ko`ra, u yarador bolalarni ko`rib chidab turolmagan.

“Uysiz-joysiz degani, yuraksiz, bemehr odam, degani emas, men ham insonman, menda ham his-tuyg`u bor. O`sha paytda yaradorlarga yordam kerak edi. Bunga jim qarab turolmadim”, dedi Stiv.

Stivning teraktdan jabrlanganlarga yordam berganini eshitgan “Vest Xem Yunayted” futbol jamoasi egasi Devid Sallivan va uning to`ng`ich o`g`li Deyvlar Stiv hayotini yo`lga qo`yib olguncha, hech bo`lmasa 6 oy mobaynida ijara uyda yashashiga yordam berish uchun odamlarni pul to`plashga chaqirdi.

“Vest Xem Yunayted” futbol jamoasining rasmiy saytida ota va bola Stivning bu ishi ularga qattiq ta`sir qilganini, boshqalarga o`xshab voqea joyidan qochmasdan, hayotini xavf ostiga qo`yib, yaradorlarga yordam berganligini ta`kidlagan.

Bir qancha xayriya tashkilotlari bilan hamkorlik qiluvchi Deyv Sallivan Stivga uy-joy, kiyim-kechak va oziq-ovqat mahsulotlari uchun odamlarni mablag` ehson qilishga da`vat qildi. Sallivanning fikricha, Stiv yaxshi ishda ishlashga, hayotini yangidan boshlashga haqlidir.

Stivning yarim yillik ijara haqi uchun 25 ming funt zarur bo`ladi, ammo uning qahramonligidan hayratga tushgan odamlar ayni paytda kerakli mablag`ning 23 ming funtini to`pladi. Stiv uchun xayriya qilgan Buyuk Britaniya aholisi u odamlarga nisbatan ishonch hissini uyg`otganligi haqida yozishdi.

23 may kuni Manchester shahridagi stadionda konsert bo`layotganda portlash yuz berdi. Portlash oqibatida 22 kishi halok bo`ldi, 60 dan ortiq kishi yaralandi. Halok bo`lganlarning asosiy qismi yoshlar va bolalar edi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar