AsosiyDunyo

​Amerikalik qiz avtomashinasini o`g`ridan tortib olish maqsadida kapotga sakradi (Video)

'​Amerikalik qiz avtomashinasini o`g`ridan tortib olish maqsadida kapotga sakradi (Video)'ning rasmi

Amerikaning Viskonsin shtatida yashovchi Melissa Smit avtomashinasini o`g`ri olib qochayotganini ko`rgach, kapotning ustiga o`zini otdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Mazkur voqeani avtoyoqilg`i quyish shahobchasidagi kamera videoga oldi. Unda qiz mashinadan tushib, yoqilg`i quymoqchi bo`lganda, o`g`ri yashirincha kelib rulga o`tirgani, uni haydab qochmoqchi bo`lgani va qiz o`g`ridan mashinasini tortib olmoqchi bo`lib, kapot ustiga sakragani aks etgan. O`g`ri qizni kapotdan tushirish uchun avtomashinaning oyna tozalagichini ishga soldi. Biroq buni foydasi yo`qligini ko`rib, o`zi avtomobildan sakrab tushib, boshqa mashinada qochib ketishga muvaffaq bo`ldi.

“Men bu harakatni o`zim sezmagan holda, beixtiyor amalga oshirdim. Qanchalik xavf-xatar ostida qolganimni endi tushunyapman, bu aqlga sig`maydigan ish”, dedi Smit The Independent nashriga bergan intervyusida.


Boshqa yangiliklar