Buyuk Britaniya poytaxti Londonda yuz bergan terakt oqibatida 7 kishi halok bo`ldi, o`ndan ortiq odam yaralandi, deb xabar berdi Gazeta.ru nashri.
Yakshanbaga o`tar kechasi London shahrida ikki marotaba terakt sodir bo`ldi. London ko`prigi va Boro tumanidagi bozorda mikroavtobus piyodalarni bosib ketdi, pichoq bilan qurollangan erkak esa yo`lovchilarga hujum qildi. Terakt oqibatida etti kishi halok bo`ldi, o`ndan ortiq odam yaralandi. Mazkur terakt mahalliy vaqt bilan 22.00 da London shahri markazida ro`y berdi. Polisiya bergan ma`lumotga ko`ra, soatiga 80 kilometr tezlikda kelayotgan mikroavtobus London ko`prigi ustidagi piyodalarni bosib, keyin Boro bozori (Borough Market) tomon yo`l olgan.
Mashina to`xtagach, undan tushgan uch nafar erkak yo`lovchilarga pichoq bilan hujum qilgan. Ularning belida xudkushlik kamarai bo`lgan. Voqea joyiga etib kelgan polisiyachilar 3 nafar terrorchini otib o`ldirdi. Ba`zi bir xabarlarga ko`ra, otishma vaqtida yo`ldan o`tib ketayotgan tasodifiy yo`lovchining boshiga o`q tekkan.
Mamlakat sog`likni saqlash milliy xizmati (NHS) bergan ma`lumotga ko`ra, 48 nafar odam yaralanib, kasalxonaga yotqizilgan. Engil tan jarohati olganlarga voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko`rsatgan.