AsosiyJamiyat
5463

​YPX avtomobillariga qarzdorlarni aniqlashga yordam beradigan “Avtokon” uskunasi o`rnatiladi

'​YPX avtomobillariga qarzdorlarni aniqlashga yordam beradigan “Avtokon” uskunasi o`rnatiladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev 29 iyun, payshanba kuni Mirzo Ulug`bek tumani ichki ishlar boshqarmasi 8-shahar ichki ishlar bo`limi faoliyati bilan tanishdi.

Shu erda "Avtokon" – avtomashinalarning davlat raqamlarini avtomatik aniqlash va qoidabuzarliklarni qayd etish maxsus apparatining taqdimoti o`tkazildi. Yo`l harakati inspektori mashinasiga o`rnatiladigan ushbu maxsus qurilma qoidabuzarlik sodir etib, jarima to`lamay yurgan transport vositalarini bevosita harakat jarayonida aniqlash imkonini beradi.

Davlatimiz rahbari ushbu qurilmani yanada takomillashtirish yuzasidan zarur ko`rsatmalar berdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar