Yangi kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan dastlabki telefonlar “Thunder” va “Trooper” lineykalari doirasida sotiladi. Ularning birinchisidan “Thunder Q4.5” va “Thunder Q5.0” modellari o`rin oldi.
“Q5.0” modelining spesifikasiyalari noma`lum. Kichik model esa echimi 854x480 pikselli 4,5 dyuymli ekran, to`rt yadroli 1,3 GGs chastotali prosessor, 1 Gb operativ va 4 Gb qo`shimcha o`rnatilgan xotira, 8 megapikselli kamera va microSD formatidagi flesh-kart uchun slot bilan jihozlangan.

“Trooper” smartfonlarining funksional xususiyatlari ro`yxatiga ikki yadroli va 1,2 GGs taktli chastotaga ega prosessor, 512 Mb OZU va 4 Gb qo`shimcha o`rnatilgan xotira kirdi.
“Kazam” telefonlarining barchasi "Android 4.2 Jelly Bean” operasion tizimida ishlaydi. Ular 3G, Wi-Fi va Bluetooth texnologiyalarini qo`llaydi hamda bir paytning o`zida ikkita SIM-karta bilan ishlash imkonini beradi. Ushbu qurilmalarning narxi va relizlarining muddati haqida hozircha ma`lumot yo`q.