1

Microsoft 30 yil deganda ilk bor standart klaviaturaga katta o`zgartirish kiritmoqda

Hi-tech 05.01.2024, 17:47
Microsoft 30 yil deganda ilk bor standart klaviaturaga katta o`zgartirish kiritmoqda

Surface kompyuterlari va Microsoft hamkor qurilmalari sun`iy intellektli Copilotni ishga tushiradigan maxsus klavishga ega bo`ladi.

Bu haqda Microsoft ijrochi vise-prezidenti Yusuf Mehdi 4 yanvar, payshanba kuni kompaniya blogida ma`lum qildi. 

Mehdi mazkur yangilikni sharhlar ekan, uni 1994 yilda Boshlash menyusini ishga tushirish uchun alohida Microsoft klavishi joriy etilgani bilan taqqosladi.

Yangi klavish Copilot yordamchisini ishga tushiradi, uning yordamida testlar va tasvirlarni yaratish va ma`lumot qidirish mumkin.

Microsoft kelgusi hafta Las-Vegasda boshlanadigan CES texnologiyalar tadbirida Copilot klavishi bilan birga boshqa mahsulotlarni ham namoyish etadi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1