O`zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi “O`zbekiston temir yo`llari” Davlat aksiyadorlik temiryo`l kompaniyasiga 280 mln. AQSh dollari hajmida kredit ajratdi.
Kredit “Qamchiq” dovoni orqali o`tadigan “Angren-Pop” temir yo`li qurilishiga sarflanadi, deya [url=http://uzdaily.uz/articles-id-19317.htm]xabar beradi Uzdaily nashri.
Kompaniya vakilining ma`lumotlariga ko`ra, kredit mablag`lari loyiha doirasida amalga oshiriladigan tog`-qurilish ishlarini amalga oshirish uchun zarur texnika va uskuna harid qilishga yo`naltiriladi.
Uzunligi 129 km bo`lgan “Angren-Pop” yangi elektrlashtirilgan temir yo`l liniyasining qurilish ishlari 2013 yilning iyulida boshlangan.
Yo`l “Qamchiq” dovoni orqali o`tib, Farg`ona vodiysini O`zbekistonning boshqa qismlari bilan bog`laydi.
Dastlabki qiymati 1,769 mlrd. AQSh dollar bo`lgan loyihani moliyalashtirish xalqaro moliya institutlari krediti ($1 mlrd.) hamda O`zbekistonning o`z mablag`lari hisobiga amalga oshiriladi. Qurilishi muddati – besh yil.
2013 yilning sentyabrida China Railway Tunnel Group Xitoy kompaniyasi va “O`zbekiston temir yo`llari” “Qamchiq” dovoni orqali o`tadigan tunnel qurilishi bo`yicha shartnoma imzoladi.
2014 yilda temiryo`l kompaniyasi loyiha doirasida $293,72 mln. mablag` o`zlashtirishni rejalashtirgan.