1

QATTIQ MAIShIY ChIQINDILARNI UTILIZASIYa QILISh VA QAYTA IShLASh BO`YIChA YaNGI LOYIHALAR IShLAB ChIQILMOQDA

Iqtisodiyot 22.11.2017, 09:59
QATTIQ MAIShIY ChIQINDILARNI UTILIZASIYa QILISh VA QAYTA IShLASh BO`YIChA YaNGI LOYIHALAR IShLAB ChIQILMOQDA

O`zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi delegasiyasi a`zolari Koreya Respublikasiga tashrif doirasida “Sejin G&E Co. Ltd” kompaniyasi vakillari bilan Ansan shahridagi chiqindilarni qayta ishlovchi “Ansan Recycling Center” korxonasida ham bo`ldi. Ushbu korxona qattiq maishiy chiqindilarni saralash bilan shug`ullanib, Ansan shahri aholisiga xizmat ko`rsatadi. Qattiq maishiy chiqindilarni saralash va qayta ishlashning yillik hajmi 15 ming tonnani tashkil etadi.

Bugungi kunda korxona qattiq maishiy chiqindilarning 80 foizgacha bo`lgan foydali komponentlarini saralash imkonini beruvchi zamonaviy texnologiyalar bilan ta`minlangan.

Uchrashuv davomida tomonlar kelgusidagi hamkorlik bo`yicha o`zaro fikr almashdilar. Kompaniya rahbariyati O`zbekiston Respublikasida chiqindilarni kompleks boshqarish sohasida olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholab, hamkorlikka qiziqish bildirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1