TOShLOQDA BOG` YaRATGAN OLTIARIQLIK YIGIT

Iqtisodiyot 09.12.2017, 11:29
TOShLOQDA BOG` YaRATGAN OLTIARIQLIK YIGIT

Bu galgi suhbatdoshimiz zamonaviy va yuqori samarali qishloq xo`jaligi texnologiyalari hamda uskunalarini qo`llashga qiziquvchan oltiariqlik omilkor, tadbirkor Samandar Ismatov bo`ladi. U toshloq, suvsiz erda bog` yaratdi. Shu erda bog` yarataman, deganda “Bu erni suv bilan to`ydirish uchun daryo o`zinini burib kelishing kerak” deganlar, hozir uni uslubidan foydalanishmoqda.

Samandar, dehqon bo`lmay turib, erni hadisini olganlarning gapidan vahimaga tushmadingizmi?

— 2013 yil bog`dorchilik qilish niyatida hokimiyatdan o`zim aynan shu joyni ajratishlarini so`rab chiqqanman. Sababi bu er suvsiz va toshloq bo`lgani uchun ham unga talabgor yo`qligi sabab qo`lga kiritishoson edi. Shu tariqa 13,5 gektar er ajratildi. Dehqonlar bu erdan hosil olish uchun daryo-daryo suv yoki pul kerak, dedilar. Ammo menda zamonaviy va yuqori samarali qishloq xo`jaligi texnologiyalari asosida uni unumdor erga aylantirish rejasi bor edi.

Katta suv talab qiladigan toshloq erni o`zlashtirish uchun ishni nimadan boshladingiz?

Rahmatli otamning xotiralarini abadiylashtirish maqsadida,fermer xo`jaligini “Ahadjon Ismatov orzusi” deb nomladim. Er hujjatlashtirildi. Ishni tik quduqli drenaj qazishdan boshladim. Shu bitta drenaj uchun akalarimning moliyaviy ko`magida 110 million sarflandi.

Bitta suv tortgich 13,5 gektar er maydonidagi suv taqchilligi muammosini hal etdimi?

Dehqonlarning vahimasi asosli edi. Sababi bir drenajdagi suv faqat 3 gektar er uchun etar edi, xolos. Barchaga ma`lum, toshloq erda suv tez singiydi. 13,5 gektar uchun yana bir nechta drenaj o`rnatish talab qilinardi. Tomchilatib sug`orish tizimi to`g`ri loyihalashtirilgan bo`lsa va lozim darajada boshqarilsa, boshqa irrigasiya uslublariga nisbatan o`zining ancha afzalligini namoyon etadi. Men tomchilab sug`orish tizimlarini o`rnatdim.

Uning avfzalligi nimada ekan?

1 drenaj o`rnatib, tomchilatib sug`orish yo`lga qo`yilsa, uning suvi 30 gektarni sug`orishga etadi. 50 gektar erni bir nafar suvchini o`zi eplaydi. Ariq olib sug`orish uchun shuncha maydonga 3-4 suvchi kerak bo`ladi.

Sir bo`lmasa daromadlar qanday bo`lyapti?

Erdan unumli foydalanishim hisobiga hokim yana shunday qarovsiz 23 gektarni qo`shib berdi. Fermer xo`jaligimning umumiy er maydoni 36,5 gektar bo`ldi. Shundan hozircha 20 gektariga 8 ming tup olma, 2 ming tup shaftoli, 1 ming tup o`rik ko`chatlari ekilgan. Agar 8 ming tup olma ko`chatining har biri o`rtacha 10 kilogrammdan meva berganda 80 tonna bo`ladi, uning kilosini 2 mingdan sotganimda 160 million so`m bo`ladi. Bu daraxtlar 5-6 yilda kuch-quvvatga to`lgach, har biri 25 kilogrammdan hosil bera boshlaydi. Hali 2 ming tup shaftoli va yana ming tup o`rik daraxtining hosilini hisob-kitobini qilib berganim yo`q.

Kelgusida yana qandayrejalarni amalga oshirmoqchisiz?

Drenaj bitta bo`lsa ham elektr enargiyani ko`p sarflayapti. Elektr uchun bir mavsumda 12-13 million so`m to`layapman. Ma`lumotlarga ko`ra, bir daqiqada Quyosh shu qadar ko`p miqdordagi energiyani berar ekan-ki, bu dunyoning bir yillik elektr energiyasiga bo`lgan ehtiyojini ta`minlashga etar ekan. Quyosh energiyasi nihoyatda ulkan potensialga ega cheklanmagan, erkin resurs hisoblanadi. Shunday ekan, nima uchun ekologik toza va tekin bo`lgan energiya manbaidan foydalanmaslik kerak? Ana shu sabab hozir quyosh panellarini o`rnatishni rejalashtiryapman. Xudo xohlasa, quyosh panellarini o`rnatib olsam, elektr energiyasi uchun sarflayotgan pul ham yonimda qoladi.

Haqiqatdan ham bugun dehqonchilikka bo`lgan qarashlar o`zgardi. Qahramonimiz aytganidek, qishloq xo`jaligi tizimiga zamonaviy texnologiyalar tatbiq etilsa, dehqonchilik daromad manbaining birinchi bosqichiga ko`tariladi. Qolaversa, bugun hukumatimiz tomonidan dehqonlarga o`zi etishtirgan mahsulotlarini o`zlari dunyo bozorlarida sotib, daromadlari miqdorini yanada oshirishlari uchun keng sharoitlar yaratilgan. Imkoniyatlardan unumli foydalanish esa kishining o`ziga bog`liq.

Inobat ERNAZAROVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1