2025 yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekiston bo‘yicha 664,6 mingta tirik tug‘ilish qayd etildi.
Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, ularning 343,6 mingtasi o‘g‘il, 321 mingtasi esa qiz bola. Ya’ni jami tug‘ilganlarning 51,7 foizini o‘g‘il bolalar tashkil etgan.
Tug‘ilishlarning 48 foizi shaharlarda, 52 foizi qishloq joylarda ro‘yxatga olingan. Shu davrda har ming aholiga 23,5 ta tug‘ilish to‘g‘ri kelgan.
Mutaxassislar bu ko‘rsatkich mamlakatta tabiiy o‘sish sur’atlari barqarorligini ko‘rsatishini ta’kidlamoqda.






