1

Pxenyan bo`ylab video sayyohat internetda uch kun ichida katta mashhurlikka erishdi (VIDEO)

Dunyo 23.05.2014, 14:32
Pxenyan bo`ylab video sayyohat internetda uch kun ichida katta mashhurlikka erishdi (VIDEO)

Singapurlik fotograf Shimoliy Koreya poytaxti haqida eng uzun video sayyohatni suratga oldi. 3 kun ichida ushbu video yarim milliondan ortiq marta ko`rildi. 

Aram Panga avtomobilga Go Pro Hero 3 kamerasini o`rnatish va uning yordamida shaharni diqqatga sazovor joylarini tasvirga tushirish ruxsati berildi. Biroq unga sayyohatni yolg`iz holda qilish taqiqlandi. Aram uchun haydovchi, tarjimon, partiyadan kuzatuvchi va fotograf taqdim etildi. Ular KXDR etakchisining suratlari qay tarzda olinishini nazorat qilishdi.

Pan Huffington Post nashriga bergan intervyusida ushbu mamlakatning yopiqligi va u erdagi hayot u uchun juda qiziq bo`lganligini ma`lum qilgan. 

“Pxenyan o`lik shahar kabi ko`rinadi, uning katta va ravon yo`llarida odam va avtomobillar deyarli yo`qligi juda ham hayratlanarlidir”, - deya yozadi nashr. 

“Shahar men o`ylagandan ham yaxshi ekanligi meni ajablantirdi. Pxenyan aholisi menga do`stona munosabatda bo`ldi”,-deydi Aram. 

Shuningdek, Aram Pan kam uchraydigan kadrlarni ham suratga oldi. U Pxenyanning markaziy savdo markazlarida bo`lgan, ammo ushbu kadrlar filmga kiritilmagan. 
“Avvaliga menga kichik do`konlarni ko`rsatishdi, u erda deyarli haridor yo`q bo`lgani sababli men kuzatuvchilardan meni haqiqiy savdo markazlarga olib borishni so`radim. So`ng meni Pxenyan aholisining ko`p qismi bo`ladigan savdo markazlariga olib borishdi. U erda  maishiy texnika, kompyuterlar, kiyimlar, kasmetika va avtomobillar bilan savdo qilinar ekan.  Men xatto odamlarning kir yuvish mashinasini harid qilib, uni uyga qo`lda olib ketayotganliklarini ham guvohiga aylandim”, - deydi Pan.  

Suratchining so`zlariga ko`ra, Shimoliy Koreyada sotiladigan barcha mahsulotlar Xitoyda ishlab chiqarilgan. 

Aram Pan o`zining “KXDR 360” loyihasini 2014 yilning kuzida davom ettirishini ma`lum qildi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1